Agrar universitetida talabalar musobaqasi (foto)
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti sport majmuida talabalar turar joylarida yashovchi talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
100 nafardan ziyod talabalar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, suzish, kurash va shaxmat turlari bo‘yicha 10 oktyabrdan boshlab bellashishmoqda. Bugun sportning mini-futbol hamda voleybol turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Voleybol bo‘yicha
(qiz bolalar)
1-o‘rin - Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti,
2-o‘rin - Agronomiya fakulteti,
3-o‘rin - Veterinariya va ipakchilik fakulteti.
(o‘g‘il bolalar)
1-o‘rin - Menejment fakulteti,
2-o‘rin - Agronomiya fakulteti,
3-o‘rin - Zootexniya va baliqchilik fakulteti.
Mini-futbol bo‘yicha
1-o‘rin - Agronomiya fakulteti,
2-o‘rin - Menejment fakulteti,
3-o‘rin - Zootexniya va baliqchilik fakulteti.
(Musobaqaning boshqa turlari bo‘yicha natijalar keyingi chiqishlarimizda ma’lum qilinadi)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

Fikrlar