Ahmedov Skolari jamoasini “qaqshatdi”

  • 16 avgust, 2017, 19:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoy Kubogi yarim finali doirasida hamyurtimiz Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘z maydonida Luis Felipe Skolari boshqaruvidagi “Guanjou Evergrand”ni qabul qildi.

Tecno

Qiziqarli tarzda kechgan bahsda dastlab mehmonlar hisobni ochishdi. Aniqrog‘i, o‘yinning 20-daqiqasida Liu Jian “Guanjou”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limning 10-daqiqasida esa termamiz sardori boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Xe Guan gol kiritib, “Shanxay SIPG”ga irodali g‘alabani taqdim etdi.

Javob bahsi esa 3 kundan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirda g‘olib chiqqan jamoa kelgusi yili Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Xitoy Kubogi

“Shanxay SIPG” – “Guanjou Evergrand” 2:1

Gollar: Odil Ahmedov(55), Xe Guan(90+1) – Liu Jian(20).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!