“Al-Garafa” ustozi O‘zbekiston U-23 ni Osiyo chempionligi bilan tabrikladi

  • 29 yanvar, 2018, 22:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Toshkentning “Paxtakor” klubi Qatarning “Al-Garafa” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Bugun mazkur o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Al-Garafa” bosh murabbiyi Bulent ishtirok etdi. Bu haqda Qatar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda

Turkiyalik murabbiy so‘zini O‘zbekiston U-23 termasini Xitoyda o‘tgan yoshlar (U-23) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqanligi munosabati bilan tabriklashdan boshladi.

“O‘zbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo chempioni bo‘lganliklari bilan tabriklayman.

Ertangi o‘yinga yaxshi tayyorlandik. Ertaga kuchli jamoaga qarshi bahs olib boramiz va muxlislarni xursand etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

To‘g‘ri, “Al-Sadd”ga qarshi o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik. Futbolda har narsa bo‘lishi mumkin. Biz o‘sha o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolarimizni o‘rganib chiqdik va ertaga ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz”, – deb aytib o‘tdi “AL-Garafa” ustozi.

Ma’lumot uchun, “Al-Garafa” – “Paxtakor” o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 22.00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!