
Allegri: "Barsa" EChL favoriti, "Yuve" esa aksincha
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Evropa chempionlar ligasida qaysi jamoa favorit ekanligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Joriy mavsum ham o‘tgan yillar kabi maqsad sari harakat qilishni davom ettiramiz. Tan olish lozim, bizga omad etishmaydi. "Yuventus" ohirgi 4 yilda 2 marta EChL finalda ishtirok etdi va imkoniyatni boy bergandik.
Shuni ta’kidlashim darkorki, "Real" o‘tgan mavsum La Ligada "Barselona"dan 20 ochkoga ortda qolgandi, biroq men ularni ChLda favorit ekanligini aytib o‘tgandim. Ularning omadi yurishdi.
O‘ylashimcha, joriy mavsum "Barsa" EChLda favorit. Aytib o‘tish joizki, biz esa kuchli to‘rtlikda, - dedi Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia
Fikrlar