Alvares va Meyvezer revansh jangiga vazn toifasi muammo bo‘lishi mumkin
O‘rta vazn toifasida (-72,6 kg) jahon chempioni Saul Alvares navbatdagi jangini ikkinchi o‘rta vaznda (-76,2 kg) o‘tkazadi. U besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi o‘tkazishni istayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Meksikalik bokschi Meyvezer bilan revansh jang faqatgina o‘rta vazn toifasida tashkil qilinishi mumkinligi qo‘shimcha qilgan.
– Men o‘rta vazndan pastga tusha olmayman. Agar jang tashkil qilinsa, u o‘rta vaznda tashkil etilishi zarur. Hozir men birinchi jangimizga qaraganda zamonaviyroq jangchiman. Meyvezerga yutqazgan vaqtga qaraganda tajribam oshdi. Hozir jang ancha qiziqarli o‘tadi, – deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Floyd Meyvezer oldin hech qachon o‘rta vaznda jang qilmagan. Uning uchun eng og‘ir vazn birinchi o‘rta vazn toifasi (-69,9 kg) bo‘lgan.



Fikrlar