Ana xolos! "Barselona" "Real"ga qaytmoqchi bo‘layotgan Xamesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
So‘nggi ikki mavsumdan buyon “Bavariya”da ijara asosida to‘p surib kelayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges kutilmaganda “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Biroq, kataloniyaliklar kolumbiyalik futbolchi borasida “qirollik klubi” bilan muzokaralar o‘tkazishni istashmayapti. Agarda nemis grandi mavsum yakunlangach “Real”dan uning transferini to‘liq sotib olsa, o‘shanda “Bavariya” bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar ijara muddati yakuniga etgach Xamesni 42 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga egalar.
Bundan avvalroq Xames Rodrigesga "Manchester Yunayted", "Milan" va "Yuventus"dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, uning o‘zi yana "Real"ga qaytmoqchi.



Fikrlar