Islom Ahmedov 1:8 hisobidagi g‘alabadan so‘ng nimalarni aytdi?
“Xavokand” – “Andijon” (1:8) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.
- Barchani Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklayman. Oʻzbekiston Kubogi guruh bosqichini tugatib oldik va Xudoga shukurki, biz keyingi bosqichga chiqdik. Yigitlarga katta rahmat aytamiz. Andijondan kelib bizni qoʻllab turgan muxlislarimizga ham katta rahmat. Butun Andijon xalqini jamoamizni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklaymiz.
- Bugun yoshlar jamoasidan bir qator futbolchilar ham maydonga tushirildi. Ularning orasidan sizga eng koʻp yoqqani kim boʻldi?
- Barchasi harakat qilishyapti. Lekin yaqqol ajratib koʻrsata olmaymiz. Barchasi teng harakat qilishdi. Yoshlarimizni ishlaydigan, qoʻshadigan jihatlari juda koʻp. Ularni asta-sekin shunaqa oʻyinlar orqali asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.
- Endi tanaffus katta. Jamoamizni kuchaytirishi kerak boʻlgan chizigʻi qaysi, deb oʻylaysiz?
- Tayyorgarlik jarayoni ikki qismga boʻlinadi: qishki va yozgi. Bunda ham baribir jismoniy holatiga qaraymiz. Hozirgi ishlanmalarimizni yanada rivojlantiramiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Hujumdagi yakunlovchi qismlar ustida, toʻpni nazorat qilish boʻyicha ham ishlaymiz. Tayyorgarlik jarayonida ish koʻp.
- Eldor Adhamov qaydnomaga ham kiritilmadi. Unda jarohat bormidi yoki dam berildimi?
- Darvozabonlarimiz uchta. Shuning uchun shunday kelishdikki, uchalasiga oʻyin amaliyoti berishga qaror qildik. Rustamjonov ham yosh, iqtidori va oʻsib kelayotgan posbon. Unga ham imkoniyat bermasak boʻlmasdi.
- Oʻyin davomida parallel ravishda “Nasaf”ning ham natijasi bilan qiziqib turdingizmi?
- Yordamchilarim yetkazib turishdi. 1\8 finalni oʻz uyimizda oʻtkazishni istaganimiz uchun buni maksimal ravishda futbolchilarga tushuntirgandik. Xudoga shukr, yigitlar professional harakat qilib, oʻz imkoniyatlarini golga aylantirish payida boʻldilar. Ha, qaerdadir omad ham kelmadi. Hamma ham oʻz uyida muxlislari qarshisida oʻynashni xohlaydi.
- Endi jahon chempionati munosabati bilan chempionatimizda tanaffus boʻladi. Shu vaqt davomida jamoaning tayyorgarlik rejasi qanday boʻladi?
- Asosan oʻzimni qarorgohda boshlaymiz. Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ishlab olganimizdan keyin oʻyin amaliyoti uchun ikki-uchta rejalar qilyapmiz va boshqa mamlakatga borib oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazib kelmoqchimiz.

Fikrlar