Ana xolos! Bonuchchi yana "Yuve"ga qaytishi mumkin

  • 28 iyul, 2018, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchini ortga qaytarish masalasida “Milan” bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora” 31 yoshli futbolchi evaziga “rossonerilar”ga o‘zining 24 yoshli himoyachisi Mattia Kaldarani beradi. Eslatib o‘tish lozimki, Kaldara so‘nggi mavsumni “Atalanta” safida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Ma’lumot uchun, “Milan” Bonuchchini bundan roppa-rosa 1 yil muqaddam aynan “Yuventus”dan 42 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!