Ana xolos! Boshpanasiz it klub bosh murabbiyi yordamchisi bo‘ldi
Paragvayda boshpanasiz it – Tesapara ikkinchi divizion klubi “2 may” bosh murabbiyi Xara Sagier yordamchisi bo‘ldi, deya xabar beradi Standard nashri.
– Bir gal men unga ko‘chada empanadas (ispancha-argentinacha egulik – SPORTS.uz) bo‘laklarini bergandim va shundan beri u bilan birgamiz. Mashug‘lotlar vaqtida u o‘yinchilarning harakatiga taqlid qiladi. Bu it futbol klubimiz a’zosi. Tesapara hech qachon mendan uzoqqa ketmaydi va doim ortimdan yuradi, – deydi murabbiy.
“2 may” klubi Paragvay ikkinchi ligasida ishtirok etadi va 2018 mavsumda 27-turdan so‘ng (jami 30 tur) musobaqa jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda.
62 yoshli Sagier 2004 yilda Paragvay termasining Olimpiya o‘yinlaridagi murabbiyi bo‘lgan. Afinada uning jamoasi finalgacha etib borib, argentinaliklarga imkoniyatni boy bergan.



Fikrlar