
Ana xolos! Buffon Kurtua JCh-2018ning "Oltin qo‘lqop"iga munosib emasligini aytdi
PSJ klubi darvozaboni Janluiji Buffonning fikricha Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua yakuniga etgan JCh-2018da “Oltin qo‘lqop” sovrinini nohaq qo‘lga kiritdi.
“Oltin qo‘lqop”ni Ugo Loris olmagani meni ajablantirdi. Chunki, Xorvatiyaga qarshi final uchrashuvida xatoga yo‘l qo‘yib gol o‘tkazib yuborganini inobatga olmasa, u musobaqa davomida ko‘plab muhim seyvlarni amalga oshirdi. Jamoasi jahon chempioni bo‘lsa va darvozabon 5-6 ta hal qiluvchi zarbalarni qaytargan bo‘lsa, bu vaziyatda ushbu darvozabonga albatta “Oltin qo‘lqop”ni berish kerak. Kurtua ham musobaqani yaxshi o‘tkazdi. Lekin, chempion Frantsiya bo‘ldi. Shu bois ushbu mukofotni Loris olishi kerak edi. Agar Belgiya chempion bo‘lganida bu borada shubhasiz Kurtua favorit bo‘lar edi”, - deydi Buffon.
Fikrlar