
Ana xolos! Ektor Belerin uchun mavsum yakunlandi
Britaniyaning mashhur The Telegraph nashri "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinning “Chelsi”ga (2:0) qarshi o‘yinda tizzasidan olgan jarohati o‘ta jiddiy ekanligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra 23 yoshli ispaniyalik futbolchi kamida yarim yil maydonga tusha olmaydi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Belerin uchun joriy mavsum muddatidan avval nihoyasiga etdi.
Ma’lumot uchun, Belerin joriy mavsum “Arsenal” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 5ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar