
Ana xolos! "Kardiff" tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi yo‘qolib qoldi
U kecha oqshom samolyotda Frantsiyaning Nant shahridan Kardiff tomon yo‘lga chiqqan edi. Uchar qurilmaning La-Mansh bo‘g‘ozi yaqinida g‘oyib bo‘lgani esa erta tongda ma’lum bo‘lgan.
Mahalliy nashrlar tarqatgan xabarga ko‘ra, samolyotda ikki nafar yo‘lovchi, jumladan Sala ham bo‘lgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Salaning "Nant"dan "Kardiff"ga transferi 20 yanvar kuni e’lon qilingan edi. Uning uchun uelsliklar o‘zlari uchun rekord bo‘lgan 20 mln evro to‘lashgani aytilgan edi.
Fikrlar