
Ana xolos! O‘zil bugun "Chelsi"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi
Bugun Angliya premer-ligasining 5-turida muxlislar “Chelsi” hamda “Arsenal” jamoalari ishtirokidagi London derbisining guvohi bo‘lishadi.
Mirror nashrining xabar berishicha, “kanonirlar” etakchisi Mesut o‘zil mushaklaridagi jarohati sabab bugungi bahsni o‘tkazib yuboradi. Ma’lum bo‘lishicha, germaniyalik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida ham ishtirok etmagan.
Ma’lumot uchun, O‘zil “Arsenal”ga bundan avval Evropa ligasi doirasida “Kyoln”ga qarshi uchrashuvda ham yordam bera olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" hamda "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Fikrlar