Ana xolos! Patris Evra Kantona uslubida muxlisni tepdi (Video)

  • 3 noyabr, 2017, 09:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Evropa Ligasi 4-turida “Marsel” jamoasi safarda Portugaliyaning “Vitoriya” klubiga qarshi bahs olib bordi.

O‘yin boshlanishidan avval tribunadagi “Marsel” muxlislaridan biri klubi himoyachisi Patris Evrani kalaka qila boshladi. Frantsiyalik himoyachi yarim soatcha bunga e’tibor qaratmadi, ammo yakunda asablari dosh bermadi va unga javob qaytardi.

“MYu” sobiq futbolchisi Patris Evra “MYu”ning yana bir sobiq a’zosi, hamyurti Erik Kantona uslubila zarba yo‘lladi.

Mazkur voqeadan keyin uchrashuv hakami o‘yin boshlanmasidan avval Patris Evrani maydondan chetlatdi. 1995 yilning yanvarida Erik Kantona “Kristal Pelas” muxlisini tepganida u hakam tomonidan maydondan chetlatilib bo‘lgandi.

Mazkur o‘yinda "Marsel" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Bubakar Kamara ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!