Angliyaga bahaybat futbolchini olib kelishadi

  • 4 iyul, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi vakili “Kristal Pelas” kelasi mavsum oldidan tarkibini bir necha yildan beri “Sporting”da o‘ynab kelayotgan Usmon Diomande bilan kuchaytirishni ma’qul topdi.

Tecno

Ivuarlik futbolchi yaqin kelajakda Mark Gexining o‘rnini bosishi talab qilinadi. Jamoa etakchisi va sardori bo‘lgan Gexining shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Bu himoyachiga grand klubdan takliflar bor. U “Kristal Pelas” bilan yangi bitim tuzmadi va shu bois klub uni yozda sotib yuborishga urinyapti.

21 yoshli Usmon Diomande maydonda baquvvatligi bilan ajralib turadi. Bahaybat himoyachini anchadan beri Evropaning grand klublari kuzatib kelmoqda.

Daily Mirror nashriga ko‘ra, portugaliyaliklar 80 million evro turadigan Usmon Diomandeni 55 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. “Sporting” futbolchining keyingi transferidan ulush olish uchun shu yo‘lni tutgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!