
Ana xolos! Ronaldinoning hisobida bor yo‘g‘i 6 evro pul qoldi
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinoning hisob raqamida bor yo‘g‘i 6 evro mablag‘ qolgan. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 38 yoshli futbol yulduzi va Braziliya hukumati o‘rtasida yuzaga kelgan sud ishlari ortidan u davlatga taxminan 2 mln evro jarima to‘lashi lozim bo‘lgan. Ammo, Ronaldinoning bankdagi hisob raqami tekshirilganida u erda bor yo‘g‘i 6 evro pul borligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldino Braziliyaning himoyalangan maydonida qurilish ishlari olib borgani uchun jarimaga tortilgan edi. Aytish kerakki, agar u belgilangan pullarni to‘lamasa, uning pasporti qaytarib berilmaydi.
Ma’lumot uchun, Ronaldino faoliyati davomida "Gremio", PSJ, "Barselona", "Milan", "Flamengo", "Atletiko Mineyro", "Keretaro" hamda "Fluminense" klublarida to‘p surgan. U joriy yil boshida butsalarini mixga ilgani haqida e’lon qilgan edi.
Fikrlar