Andrey Fyodorov: "Navbahor"ga gol urish juda qiyin bo‘ldi
"Birinchidan, yigitlarga alohida rahmat aytaman. Ular biz kutgandek qarshilik qilishdi. Ko‘plab jamoalar "Lokomotiv"ga qarshi shunday o‘yin ko‘rsatmoqda. Biz jismoniy jihatdan va ruhiy tomondan ham anchagina kuch sarfladik.
Futbolchilar biz uchun kerakli ishlarni qila olishdi. Garchi raqiblar qattiq qarshilik qilishgan bo‘lsa-da, biz gol ura oldik. Shundan keyin "Navbahor"ning o‘yini ochilib ketdi. Ular gol urishlari ham gol o‘tkazib yuborishlari ham mumkin edi.
Oldingiga qaraganda bugun "Navbahor" himoyaviyroq o‘yin ko‘rsatdi. Boshlanishidan raqiblar himoyalanishini bilgandik, ammo bunchalik darajada bo‘lishini kutmagandik. Shuning uchun ham taktikani o‘zgartirib, havodan beriladigan paslarga o‘tdik.
Biroq raqiblar bunday paslarning barchasini bartaraf etdi. O‘tgan o‘yinda birinchi bo‘limda gol urganimiz uchun o‘yin osonroq bo‘lgandi. Bugun esa gol urish juda ham qiyin bo‘ldi.
To‘rt himoyachi? Barcha kabi 11 o‘yinchi bilan tushyapmiz. Futbolchilarning mashg‘ulot qilishiga, kimning qanday holatda ekanligiga qarab taktika tanlaymiz. Kimdir jarohat olib qolsa, albatta barchasi o‘zgarib ketadi", - dedi Fyodorov.

Fikrlar