Andrey Fyodorov: «Paxtakor» bilan o‘yindan so‘ng yigitlar bilan jiddiy gaplashib oldim

  • 23 sentabr, 2018, 20:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Birinchidan biz uchun natija muhim edi. "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda futbolchilar lazzat oladigan o‘yin ko‘rsatishmadi. Shu boisdan murabbiylar shtabi bilan birgalikda futbolchilarni bu o‘yinga ruhiy tomondan qattiq tayyorlashga harakat qildik.

Tecno

Futbol shunday o‘yinki, barchamiz o‘yin uchun shug‘ullanamiz. Ammo natija faqatgina o‘yindan keyingina keladi. Men bosh murabbiy etib tayinlanguncha "Lokomotiv"ning o‘z o‘yin uslubi bo‘lgan. Aynan bugun "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishni istadik. O‘z o‘yinimizni o‘ynasak, natija ham bo‘ladi. Natija o‘yin sifatidan ajralib turishi mumkin. Yigitlarga katta rahmat aytaman. 23 sentyabr kuni biz yaxshi jamoa ekanligimizni ko‘rsatdik. Ayrim vaziyatlarda ishlarimiz o‘xshadi, ba’zida o‘xshamadi.

Ammo ko‘rindiki, futbolchilar o‘tgan kichik yomon davrni engib o‘ta olishgan. Yana qaytaraman bizga 3 ochko kerak edi. "Lokomotiv" yo‘l-yo‘lakay reja tuzadigan jamoa emas. Endi o‘yinimizni uchrashuvdan uchrashuvga yanada kuchaytiramiz", - dedi Fyodorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!