Andrey Fyodorov: Qizil kartochkaga qadar gol kiritganimizda edi...

  • 19 sentabr, 2018, 00:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"O‘yin haqida gapirish, uni taxlil qilish juda qiyin. Bahsni ikki davraga bo‘lish mumkin: qizil kartochkagacha va qizil kartochkadan keyin. 4:0 - bu natijadan xayratlansa bo‘ladi. Chetlatishga qadar biz yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandik. 10 kishi bo‘lib qolganimizdan keyin ham g‘alaba qozonish, gollar urish uchun oldinga o‘tishga harakat qildik. Ko‘rganingizdek, qarshi hujumlarda gollar qo‘yib yubordik. Natijani hisobga olmaganda, kam bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

Tecno

Biz uchun barcha o‘yinlar muhim. Biz bu uchrashuvga jiddiy qaradik! Kubok o‘yinlariga qanday munosabatda bo‘lish mumkin? Bu o‘yinda mag‘lub bo‘lishni, taslim bo‘lishni istamadik. O‘yin sifatimizga qarab, bahsga jiddiy qaramagan deb hulosaga keldingizmi? Agarda biz qizil kartochkagacha raqib darvozasi oldidagi bir necha vaziyatlarda sovuqqon bo‘lganimizda bu erda boshqacharoq gaplarni aytgan bo‘lardim.

Futbol bu - emotsiya. Bu erda futbolchilar har doim hissiyotlar bilan harakat qiladi. Janjalning bo‘lishi - yomon holat. "Metallurg"dagi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, shundan keyin biz gaplashib olib, barchasini to‘g‘rilagandik deb o‘ylagandim. Bugun kubok o‘yinida hech kim xato qilishiga haqqi yo‘qligi, bir uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa keyingi bosqichga chiqishini bilgan futbolchilar extiroslarga berilib ketdi", - dedi Fyodorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!