
Andrey Kanchelskis: TsSKAning "Real"ga yutqazmasligini sezgandim, ammo...
Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turida TsSKAning Madridda “Real” ustidan qozongan g‘alabasi haqida gapirib o‘tdi.
“O‘yindan oldin men “armiyachilar”ning mag‘lub bo‘lmasligini sezgandim. Ammo, g‘alaba qozonishini, ustiga-ustak yirik hisobda zafar quchishini tasavvur qilish qiyin edi. Bu o‘yin uchun ularga qoyil qolish kerak va rahmat aytish kerak”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, TsSKA “Real”ni birinchi davrada Moskvadagi bahsda ham mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar