
Andrey Shipilov: Namanganda durang o‘ynash – ijobiy natija
"Bugungi raqibimiz o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchramaydigan jamoa bo‘lganligini yaxshi bilganimiz uchun mazkur o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu esa o‘z mevasini berib, Namanganda qimmatli bir ochkoni qo‘lga kiritdik. Ta’kidlash joizki, bu biz uchun ijobiy natija.
Joriy mavsumning birinchi bosqich bahsida Namanganda yirik hisobda imkoniyatni boy bergandik. O‘sha o‘yindan ham kerakli xulosalar chiqardik.
Bugungi uchrashuvda ham namanganliklar yaxshi o‘yin namoyish etib, ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Masalan, mezbonlar tarkibida Azizbek Turg‘unboev, Sherzod Karimov va Davron Hoshimov maydonda boshqalardan ajralib turishdi. Karimov va Hoshimovni sobiq “paxtakorchilar” bo‘lishgani uchun maqtamayapman. Shunchaki, ular bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Lekin darvozabonimiz va himoyachilar ularga imkoniyat berishmadi. “Navbahor” vakillari esa vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olishmadi.
“Navbahor” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad yor bo‘lishini tilayman", - dedi Shipilov.
Fikrlar