Anna Shmidlovaga omad etishmadi
Lints shahrida xotin-qizlar o‘rtasida "Upper Austria Ladies Linz" turnirining ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda slovakiyalik tennischi Anna Shmidlova uch setda belgiyalik Alison Van Uytvankka 6:1, 6:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa chorak finalga chiqqan Van Uytvank navbatdagi uchrashuvini chexiyalik Kristina Plishkova hamda Barbora Strikova uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar