Antalyadagi turnirda “g‘alati ish”lar bo‘lmoqda

  • 27 iyun, 2017, 22:24
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

Ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida ATP turkumidan o‘rin olgan “Antalya Open” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Sovrin jamg‘armasi 497 255 evro bo‘lgan turnirda bugun ikkinchi davra o‘yinlariga start berildi.

Maysali qoplamali kortlarda o‘tayotgan bahslarda kutilmagan natijalar ham ro‘y bermoqda. Masalan, jahonning sakkizinchi raketkasi Dominik Tim jahon tasnif jadvalida 222-o‘rinda borayotgan xindistonlik Ramkumar Ramanatanga imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi.

Musobaqaning ikkinchi davrasida quyidagi natijalar qayd etildi:

Ramkumar Ramanatan (Xindiston) – Dominik Tim (Avstriya)  6:3 6:2

Fernando Verdasko (Ispaniya) – Stiv Darsi (Belgiya)  6:3 6:4

Markos Bagdatis (Kipr) – Karlos Berlok (Argentina)  6:4 3:6 7:5

Adrian Mannarino (Frantsiya) – Moxamed Safvat (Misr)  6:4 6:4


Ertaga esa ikkinchi davraning yana to‘rt bellashuvi bo‘lib o‘tadi.

Radu Albot (Moldova) – Paolo Lorentsi (Italiya)

David Ferrer (Ispaniya) – Yuchi Sugita (Yaponiya)

Daniel Altmayer (Germaniya) – Marsel Ilxan (Turkiya)

Yanko Tipsarevich (Serbiya) – Andreas Seppi (Italiya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!