Arsen Venger: 15 kundan so‘ng kelajagim haqida ma’lum qilaman
Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger kelajagi haqida qachon qaror qabul qilishini aytib o‘tdi.
- 15 kun ichida kelajagim haqida bir qoroga kelaman va bu haqida sizlarga xabar beraman, - deya Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telefoot nashri.
Ma’lumot uchun, Venger “Arsenal”da 1996 yildan beri ishlab keladi. U uch marta klub bilan Angliya chempioni, 7 marta kubok sohibi va 7 marta Superkubogini qo‘lga kiritgan. 3 marta APLda eng yaxshi murabbiy va 4 marta Evropada yil murabbiyi bo‘lgan.

Fikrlar