Arsen Venger "Milan"da ish boshlashi mumkin

  • 27.10.2018 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uzoq yillar Londonning "Arsenal" klubini boshqargan Arsen Venger faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar”ning amaldagi ustozi Jennaro Gattuzo iste’foga chiqishga yaqin turibdi, shu bois milanliklar ushbu lavozimga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborishgan.

Ta’kidlash kerakki, Venger nomzodi "Milan"ning yangi sport direktori  Ivan Gazidisdan chiqqan. Boisi, u bundan avval “Arsenal”da ishlagan va Venger bilan yaxshi tanish hisoblanadi.

“Milan” shuningdek ushbu lavozimga Antonio Konte hamda Roberto Donadoni kabi italiyalik mashhur mutaxassislar nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!