“Arsenal” “Borussiya Dortmund” skautini sotib oldi
Londonning “Arsenal” klubi o‘z rasmiy sayti Sven Mislintatni selektsiya xizmatining yangi boshlig‘i sifatida tanishtirdi.
45 yoshli mutaxassis 2007 yildan buyon Dortmundning “Borussiya” klubi aynan ushbu lavozimda ishlab kelar edi.
Bild xabariga ko‘ra, “to‘pchilar” Mislinstat uchun dortmundliklarga 1,8 mln funt to‘lagan.
“Arsenal” selektsiya xizmatida 1996 yildan buyon ishlab kelgan Stiv Rouli esa iste’foga chiqdi.

Fikrlar