"Arsenal" Nketiani mukofotladi
«Arsenal» Angliya Ligasi kubogi nimchorak finalida «Norvich Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tushib jamoani qutqargan yosh futbolchisi Edvard Nketiani mukofotlaydi. Ushbu futbolchi maydonga tushishi bilanoq dubl qayd etgandi va jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger kelganidan keyingi davrda tug‘ilib (1999 yil) «kanonirlar» jamoasi safida gol urgan ilk futbolchiga aylangandi.
The Sun tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu 18 yoshli futbolchiga 5 yillik yangi shartnoma taklif etiladi.
Nketia yangi shartnoma bo‘yicha haftasiga 15 ming funt oladi (17 ming evro). Hozirgi shartnomaga ko‘ra esa uning haftalik maoshi miqdori 2 ming funtni tashkil etadi. Shu tariqa, angliyalik yosh futbolchining maoshi 650 foizga oshiriladi. Shartnoma bo‘yicha muzokaralar noyabr oyida boshlanadi.

Fikrlar