"Arsenal" davralar oralig‘ida 3 nafar yangi futbolchi sotib oladi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri qishki transferlar davrida jamoaga 3ta yangi futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
The Sunday Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis so‘nggi paytlarda mag‘lubiyatlardan boshi chiqmay qolgan jamoasi tarkibini mahoratli markaziy himoyachi, yarim himoyachi va vinger bilan kuchaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” APLning ortda qolgan 20ta turidan so‘ng 38 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar