
"Arsenal" forvardi "Sporting"ga o‘tadi
“Arsenal” klubi forvardi Lukas Peres faoliyatini Lissabonning “Sporting” klubida davom ettirishga yaqin turibdi.
A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoalar 29 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra portugaliyaliklar Peres uchun 5 mln evro to‘lashadi. Biroq, endi “Sporting” futbolchi bilan kelishib olishi lozim. Chunki, agar u Lissabonga ko‘chib o‘tga uning maoshi kamayib ketadi.
Ma’lumot uchun, Peres o‘tgan mavsumni Ispanining “Deportivo” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Fikrlar