Niderlandlar guruh g'olibi bo'ldi, Yaponiya ham pley-offga yo'l oldi
Jahon chempionati guruh bosqichi yakunlariga koʻra, Niderlandlar terma jamoasi 7 ochko toʻplab, "F" guruhida birinchi oʻrinni egalladi.
Ronald Kuman shogirdlari 1/16 finalda Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Yaponiya esa 5 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Osiyo vakili keyingi bosqichda Braziliya bilan kuch sinashadi.
Shvetsiya 4 ochko bilan uchinchi oʻrinni band etdi va eng yaxshi uchinchi oʻrin sohiblaridan biri sifatida 1/16 finalga chiqdi.
Tunis esa uchta oʻyinda ham ochko toʻplay olmadi va musobaqa bilan xayrlashdi.


Fikrlar