"Arsenal" forvardi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

  • 19.08.2018 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Denni Uelbek tez orada jamoani tark etishi mumkin.

Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli angliyalik futbolchiga Turkiyaning “Galatasaroy” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash lozimki, “kanonirlar”ning yangi ustozi Unai Emeri joriy mavsumda Uelbekning xizmatlariga tayanmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Uelbekka Turkiyaning boshqa bir klubi – “Beshiktosh”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!