
"Arsenal" o‘z safiga yana bir Germaniya terma jamoasi a’zosini qo‘shib olmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi “Shalke-04” yarim himoyachisi Leon Goretskani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, “kanonirlar” Germaniya terma jamoasi a’zosi uchun 24 mln evro taklif qilishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli futbolchining gilzenkirxenliklar bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq “Shalke” iqtidorli futbolchisini o‘zida saqlab qolish uchun, uning yillik maoshini 3 mln evrodan 8 mln evrogacha ko‘tarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Goretskaning xizmatlariga “Arsenal”dan tashqari yana bir qator evropaning top klublari qiziqib qolishgan. Ular qatorida Myunxenning “Bavariya” klubi ham bor.
Fikrlar