
"Arsenal" o‘z tarixidagi rekord transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang qishki transfer oynasi yopilguniga qadar “Arsenal”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar o‘z tarixlaridagi eng qimmat transferni amalga oshirib, 28 yoshli gabonlik futbolchi uchun 60 mln funt to‘lashmoqchi.
Dortmundliklar o‘z navbatida Obameyangning o‘rniga “Kyoln”ning Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubida ijarada to‘p surayotgan hujumchisi Antoni Modestni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” tarixidagi eng qimmat transfer hozircha Aleksandr Lyakazettga tegishli. Ushbu futbolchi uchun “kanonirlar” o‘tgan yoz “Lion”ga 60 mln evro to‘lashgan edi.
Fikrlar