"Arsenal" yozda etakchi futbolchisidan ayriladi
Londonning "Arsenal" klubi joriy mavsum yakunlangach o‘zining etakchi yarim himoyachisi Aaron Remzi bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” mavsum oxirida shartnomasi yakuniga etadigan 27 yoshli uelslik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelishuvga erisha olishmagan.
Shu tariqa Remzi kelgusi yoz “Arsenal”ni erkin agent sifatida tark etadi. Unga “Yuventus” va “Milan” klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar