
Arshavin Qozog‘istonda murabbiylik qilishi mumkin
Qozog‘istonning “Qayrat” klubi o‘zining rossiyalik tajribali futbolchisi Andrey Arshavinga murabbiylik shtabidan ish taklif qilmoqda. Bu haqda Sports.kz xabar tarqatdi.
“Agar unga hech qanday takliflar bo‘lmasa, biz uni hamisha Qozog‘istonda kutishimizni aytdik. Qanday rolda? Akademiyamizda murabbiylik qilishi mumkin, unga murabbiylikni taklif qilamiz”, - deydi klubning kuzatuv kengashi raisi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi “Qayrat” safida 2016 – 2018 yillarda to‘p surdi. U shuningdek faoliyati davomida "Zenit", "Arsenal" va "Kuban" klublarida ham o‘ynagan. Rossiya terma jamoasi safida esa 74ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol kiritishga erishgan.
Fikrlar