Arshavin faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi

  • 8 noyabr, 2018, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur hujumchi Andrey Arshavin faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

37 yoshli futbolchi bu haqda “Qayrat” muxlislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, uning qozoq klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etdi va u o‘ziga boshqa klub qidirmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Arshavin faoliyati davomida shuningdek "Zenit", "Arsenal" va "Kuban" klublarida to‘p surgan. Rossiya terma jamoasi safida esa 74ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!