Arveladze: O‘zbek futbolida iqtidorlar etarli

  • 24 oktabr, 2018, 20:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu jamoa bilan o‘ynash yoqimli. Ular himoyada turmasdan futbol o‘ynashga intilishadi. Bugun ham shunday holat yuzaga keldi. Maydon holati jamoalarga yanada hujumkor va chiroyli o‘ynashga imkon bermadi. Biz mag‘lubiyatdan keyin og‘ir haftani o‘tkazdik va o‘zimizga kela oldik.

Tecno

Futbolda ruhan o‘ziga kelib olish og‘ir, biz esa ushbu o‘yinga hozirlik jarayonida buni uddalashga intildik. A’zamov kubok finalida o‘ynay olishiga umid qilaman. Oldinda hali uch kun bor. U terma jamoadan jarohat bilan qaytgandi. Oxirgi kunlarda jamoa bilan shug‘ullandi, biroq bu maydonda uni tushirgim kelmadi.

O‘zbek futbolida iqtidorlar etarli. Har doim qaysidir chiziqlar bilan muammolar bo‘lib turadi. Hozir hujumchilar bilan bog‘liq ko‘p joyda bor. Qaysidir iqtidor ertaga paydo bo‘ladi. Yaxshiboev, Alijonov, Aliboev, Shukurov, Turg‘unboev, Hamdamov kabi futbolchilar ertaga o‘zbek futboli ishonchiga aylana olishadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!