"Atletiko" Diego Kostaga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 7 dekabr, 2018, 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq Xitoy klubiga o‘tishni rejalashtirayotgan hujumchi Diego Kostaga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "matraschilar" bu borada "Selta" forvardi Maksimiliano Gomes nomzodiga to‘xtalishdi. Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli urugvaylik futbolchining transferi “Atletiko”ga taxminan 50 mln evroga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Gomes joriy mavsum vigoliklar safida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Selta” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!