
Azar "Barsa"ga o‘tish istagini bildirmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi hamon “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tgan hafta “Barselona” vakillari 27 yoshli belgiyalik futbolchining agenti bilan uchrashishgan. Ma’lum bo‘lishicha Azarning o‘zi ham “Chelsi”dan ketib “Barselona”ga o‘tishga qiziqib qolgan. Ta’kidlash lozimki, kataloniyaliklar “Atletiko”dan Antuan Grizmanni sotib olisholmagach, bor e’tiborlarini aynan Azarga qaratishgan.
Eslatib o‘tamiz, Azar uchun shuningdek Madridning “Real” klubi ham jiddiy kurash olib bormoqda. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnmoasi esa 2020 yilga qadar imzolangan va futbolchi uni uzaytirishni istamayapti.
Fikrlar