
Azar "Chelsi" safida 100-golini kiritdi
"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Eden Azar APL 19-turi doirasida "Uotford"ga qarshi bahsda (1:2) dubl qayd etdi.
Aytib o‘tish joizki, 27 yoshli futbolchi "Chelsi"dagi faoliyati davomida raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan soni 100taga etdi.
Azar londonliklar safida 100ta gol urgan 10-futbolchidir.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" safida eng zo‘r to‘p urar Frenk Lempard hisoblanadi - 211ta gol.
Fikrlar