
Azar "Chelsi" tarixidagi to‘purarlar uchligiga kirib oldi
Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Eden Azar kecha APLning 34-turi doirasida bo‘lbi o‘tgan «Sautgempton»ga (3:2) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, 26 yoshli belgiyalik futbolchi bu bilan o‘zining “aristokratlar” safidagi gollari sonini 69taga etkazib oldi va jamoa tarixidagi 3-to‘purarga aylanib oldi. Azar bu ko‘rsatgich borasida Jimmi Xasselbaynk bilan tenglashib oldi.
Eslatib o‘tish lozimki, Frenk Lempard (147ta) va Dide Drogba (104ta) “Chelsi” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar hisoblanishadi.
Fikrlar