
Azar: "Real" - barcha futbolchilarning orzusi, ammo men "Chelsi" futbolchisiman
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining “Real”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Real” – barcha futbolchilarning orzusi. Lekin, yana bir bor qaytaraman, men “Chelsi” futbolchisiman. Ayni damda hech kim menga hech qanday taklif bildirgani yo‘q”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” rahbariyati jamoadan ketayotgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga Eden Azarni olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar