Azar "Real"ga o‘tishga rozilik berdi

  • 6 dekabr, 2018, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar “Real” bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Onda Madrid nashrining tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar 27 yoshli futbolchini yozda tarkibga qo‘shib olishga ishonishmoqda.

Endi “Real” bu xaridni londonlar klubi bilan amalga oshirishi kerak. Ingliz jamoasi belgiyalik futbolchi uchun 170 million funt sterling talab qilmoqda. Madrid klubi esa bu pulni to‘lamoqchi emas va Azarning transfer narxini tushirmoqchi.

O‘z navbatida “Real” prezidenti Florentino Peres uning o‘rniga “Chelsi”ga yarim himoyachilar Mateo Kovachichni ijara berishni rejalashtirmoqda va transferning bir qismiga qo‘shmoqchi.

Agar bu ham ish bermasa “Real” unga Marko Asensio ham qo‘shishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!