Azar yozda “Real”ga o‘tishni rejalashtirmayapti
Londonning “Chelsi” klubi futbolchisi Eden Azar jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamayapti. Het Laatste Nieuws nashrining ma’lum qilishicha belgiyalik futbolchi yozda “Real”ga o‘tmoqchi emas.
Avvalroq bir qator OAVlarda “qirollik klubi” Azar borasida londonliklar bilan yashirin muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘ldiki belgiyalik futolchi “Chelsi”da baxtli, unga Antonio Konte bilan ishlash yoqyapti va u faoliyatini “aristokratlar” safida davom ettirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum Angliya premer-ligasida 24ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar