Aziz Ibragimov Eronning “Mashinasozi” jamoasi bilan shartnoma imzoladi

  • 2 fevral, 2017, 10:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2016 yilgi mavsumni “Buxoro” jamoasida o‘tkazgan yarim himoyachi Aziz Ibragimov Eronning “Mashinasozi” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

30 yoshli futbolchi Tabriz shahri sharafini himoya qilayotgan “Mashinasozi” klubining tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozircha shartnoma muddatiga aniqlik kiritilmagan. Ayni vaqtda jamoa Eron Pro Ligasida 20-turdan keyin 10 ochko bilan so‘nggi – 16-o‘rinda bormoqda.

Aziz Ibragimov faoliyati davomida “Traktor” (2004–2005), “Sho‘rtan” (2005), “Mash’al” (2006), “Slovan Bratislava” (Slovakiya, 2007–2008), “Bogemians 1905” (Chexiya, 2008–2011), “Tsindao Jonun” (Xitoy, 2011–2012), “Banik Most” (Chexiya, 2013), “Cheske Budeyovitse” (Chexiya, 2013), “Bogemians Praga” (Chexiya, 2013–2014), “Andijon” (2014), “Dinamo Samarqand” (2015) va “Buxoro” (2015–2016) klublarida to‘p surgan. 

Shuningdek, tajribali futbolchi 2007–2011 yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p surib, 17 uchrashuvda 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kilash joiz, Eron Pro Ligasida o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi — Server Jeparov faoliyat olib bormoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!