
Aziz Turg‘unboev "Navbahor"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Mavsum yakunlariga ko‘ra Superligada bronza medallarini qo‘lga kiritgan Namanganning “Navbahor” klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
“Navbahor” muxlislar klubining telegramdagi sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “lochinlar” yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboev eng ovoz to‘pladi va bir ovozdan joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Iqtidorli futbolchiga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 500 nafari ovoz berdi. Turg‘unboev bu borada jamoadoshlari Oston O‘runov (430), Mirzohid G‘ofurov (105), A’zam Aliev (86), Igor Golban (79), Davron Hoshimov (67), Jahongir Mehmonov (38) hamda Ro‘zimboy Ahmedovlarni (27) ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada jami 28ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar