Azizbek Mutalliev jahon chempionlariga nimalar sovg‘a qilingani, "Lokomotiv" PFK bergan liboslar va boshqalar haqida

  • 21 may, 2018, 13:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilgan Mehribonlik uylari o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Biz esa O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Azizbek Mutalliev bilan intervyu tashkil etdik.

Tecno

Ayni paytdagi taassurotlaringiz?

- Tassurotlar ajoyib. Birinchi marta chempionlik darajasiga erishdik. Barchamizda xursandchilik kayfiyati hukmron. Bolalarning bir umr yodida qoldigan darajada ajoyib turnir.  

Rossiyada chempionlik qanday nishonlandi?

- Musobaqa tugagan kunining ertasiga Moskva shahrining o‘zida tashkilotchilar tomonidan chempionlik oqshomi tantanalik tarzda tashkil etildi. Bayramona dasturxon, ko‘ratinki ruh, honandalarning chiqishlari, bolalarga berilgan esdalik sovg‘alari, tayyorlangan video roliklar va mushakbozliklar ularning yodida qoldi. 

O‘zbekiston terma jamoasini birinchi bo‘lib kim tabrikladi?

- Dastlab stadionning o‘zida barcha muxlislar tabriklashdi. Qolarvesa, chempionat davomida do‘stona muhit yaratgan Belarus hamda Rossiya federatsiyasidan ishtirok etgan terma jamoaga mas’ul insonlar stadionning o‘zida qutlashdi. Ularga alohida tashakkur ishor etamiz. Bundan tashqari O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov juda ham tasirli so‘zlar bilan birinchi qutladilar. Ushbu tabrikni futbolchilarga o‘qib berdik. Terma jamoa a’zolari xursand bo‘lishdi. Keyin ketma-ket tabriklar kela boshladi. 

O‘zbekiston terma jamoasining g‘alaba qozonishida nima muhim omil bo‘ldi?

- Fikrimizcha, yoshlarni g‘oliblikka intilishidir. Chunki JChda juda ham kuchli terma jamoalar qatnashishdi. Afrika qit’asidan kelgan qatnashchilar o‘yin bobida boshqalardan ajralib turishdi. Qolaversa, finalda to‘qnash kelgan Pokiston terma jamoasi ham etakchilardan hisoblanardi. Ular turnirning amaldagi g‘olibi sanalishardi. Lekin bizning vakillarimiz o‘zlariga ishonishdi, yurt bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish istagida va intilish evaziga bosh sovringa ega chiqdik.

Terma jamoa o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygandi?

- Faqat va faqat g‘oliblik. Bir oy oldin tayyorgarlik jarayonini boshlagandik. Toshkent shahridagi 22, 23-sonli hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uylaridan futbolchilar jalb qilingandi. Futbolchilar 22-sonli mehribonlik uyiga vaqtinchalik joylashtirilgan. Ta’lim olishlari ham 58-maktabga ko‘chirilgan. Bir oy davomida tayyorgarlik ko‘rildi. 

Chempionatga borishinglar qanday tashkil etildi?

- Bu kabi turnirlar o‘tkazilayotganidan xabarimiz bor edi. Sen yolg‘iz emassan respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tashkilotchilari turnir mutasaddilari bilan muzokaralar olib bordi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ushbu fond bizga katta yordam berdi.

Jamoani kim va qanday saraladi?

- Jamoani bir yil oldin saralash boshlangandi. Sen yolg‘iz emassan respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda respublikadagi mehribonlik uylari o‘rtasida musobaqa tashkil etilgan. Shu turnirda texnika va jismoniy tomondan o‘zini ko‘rsatgan bolalar saralab olingan. Ana o‘sha turnir asosiy rol o‘ynadi.

Tayyorlanish uchun sharoitlar va harajatlarga kimlar ko‘maklashdi? Homiylar bormidi?

- Sen yolg‘iz emassan respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan sharoit yaratib berildi. Bu tashkilotlar tomonidan nafaqat tayyorgarlik ko‘rish uchun sharoit, balki ularning oziq-avqatlariga ham ko‘maklashdi. Futbolchilar alohida menyu bo‘yicha ovqatlandilar.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, “Lokomotiv” futbol klubi tomonidan bizning futbolchilarga o‘ynash uchun sport kiyimlari, mavsumiy liboslar taqdim etildi. Ularga juda katta minnatdorchilik bildiramiz. Qolgan harajatlar ya’ni yo‘l kira, Roosiya federatsiyasidagi yashash va eb ichishlar tadbir tashkilotchilari tomonidan qoplandi.

 

Kutib olish marosimi mana shundan bo‘lishini kutganmidingiz?

- Umumiy olib qaraganda, kutib olish marosimidan o‘zimizning xabarimiz bor edi. Tarbiyalanuvchilarimizning o‘zlari ham chiroyli kutib olishsa kerak degan tahminda edilar. Bu borada bizdan ham so‘rashgandi, lekin futbolchilarga syurpriz bo‘lishi uchun aytmagandik. Ular kutganidan ham yaxshi darajada qarshi olingani uchun barchaga rahmat aytamiz. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan qanday rag‘batlantirishlar bo‘lmoqda?

- Aeroportdan so‘ng bolalarni asosiy baza hisoblangan Toshkent shahridagi 23-sonli mehribonlik uyiga olib borildi. Hukumat a’zolari hamda vazirlik idoralari tomonidan o‘sha erda bayramona kontsert dasturi namoyish etildi. Dasturxon uyushtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov va yordamchi Ergashev Elmurodga O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!