Bahodir Jalolov nokaut bilan boks oqshomiga yakun yasadi

CHERY AUTO

Termiz shahrida mezbonlik qilgan Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum “A” guruhi oltinchi tur bahslariga yakun yasaldi. Unda S2 guruhi bokschilari qatnashishdi.

“Uzbek Tigers” va “Caciques Venesuela” jamoalari o‘rtasida kechgan janglarning so‘nggisida eng og‘ir vaznli (+91 kg) bokschilar to‘qnash kelishdi.

Shu vaqtga qadar ushbu turnirda 5 ta jang o‘tkazib, 2 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan Bahodir Jalolov Jordan Hernandes bilan kuch sinashdi.

Bu jangda Bahodir tashabbusni qo‘lga olib, muxlislarga ajoyib nokaut sovg‘a qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov professional boksga o‘tayotganligini ma’lum qilgan edi va ilk jangini aprel oyi o‘rtalarida o‘tkazilishi rejalashtirgan.

S2: “Uzbek Tigers” vs “Caciques Venesuela” – 4 : 1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!