Bahodir Jalolovning professional ringdagi 3-raqibi ham ma’lum bo‘ldi

  • 02.10.2018 16:56
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+91 kg) muvaffaqiyatli start olgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov oktyabr oyi so‘nggida yana ringga ko‘tariladi.

29 sentyabr kuni o‘zining professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazib, meksikalik Eduardo Vitelani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Navbatdagi jang esa 27 oktyabr sanasiga belgilangan. Nyu-Yorkdagi muhtasham “Madison Square Garden” arenasida bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuvda Bahodirga amerikalik Tirell Rayt raqiblik qiladi. Jang 6 raund etib belgilangan.

Bu bokschi 2012 yildan beri professional ringda faoliyat yuritib keladi va bu vaqt ichida 13 ta jang o‘tkazib, 9 g‘alaba (6 nokaut), 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!