
Bahrom Haydarov: Qizil kartochka o‘yinga ta’sir qildi
"Vodiy derbisi har doim keskin kurashlar ostida o‘tib kelgan. Bugun ham shunday bo‘ldi. Boshida biroz tashabbusga ega bo‘ldik. Keyin yosh futbolchilarimizga qandaydir tajriba etishmadimi, biroz ustunlikni berib qo‘ydik. Bugun shogirdlarimiz maydonda borlarini berib o‘ynashdi.
Raqibimizning qizil kartochka olgani o‘yinga o‘z ta’siri o‘tkazdi. Darvozabonimizning penaltini olib chiqqani ham ruhiy dalda bo‘ldi. Omad bugun biz tomonda bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz ham o‘yinga yaxshi kirishib ketishdi. Umuman bugun barcha futbolchilarimning o‘yinlariga e’tirozim yo‘q. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - dedi Haydarov.
Fikrlar